“Jasorat maktabi” o‘quvchilarining va’da berish marosimi o‘tkazildi

Post Thumbnail

“Jasorat maktabi” o‘quvchilarining va’da berish marosimi o‘tkazildi

"Jasorat maktablari" va’da berish marosimi

Zangiotada joylashgan Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutida umumta’lim maktablari negizida tashkil etilgan “Jasorat maktablari” o‘quvchilarining va’da berish marosimi o‘tkazildi.

Tantanali marosimda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalari vakillari, faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari mas’ullari, faol yoshlar va o‘quvchilarning yaqinlari ishtirok etdi.

“Jasorat maktablari”da oʻqish uchun oʻquvchilarni saralash 5-sinfdan boshlanadi. Mazkur maktablar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalab, ularning jismoniy va maʼnaviy salohiyatini yanada yuksaltirishda o‘z ta’sirini ko‘rsatishi shubhasiz.