👨🏻💻 “Cyber Security Summit – Central Eurasia, CSS 2025” musobaqasi
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti kursantlari Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Cyber Security Summit – Central Eurasia, CSS 2025” musobaqasida ishtirok etishmoqda.
Mazkur bellashuvni o‘tkazishdan asosiy maqsad — kursantlarda amaliy tajriba orttirish, real va simulyatsiya qilingan xakerlik hamda himoya topshiriqlarini bajarish orqali soha yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat. Tadbir yakunida g‘olib ishtirokchilarga sertifikatlar, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari berilishi ko‘zda tutilgan.