O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari general-mayor Farxodjon Shermatov Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutiga tashrif buyirib, bu borada olib borilayotgan ishlar, innovatsion loyihalar hamda kursantlarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan zamonaviy o‘quv sinflari, ilmiy tadqiqotlar labaratoriyalari, shuningdek harbiy xizmatchilarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash borasida ilg‘or tajribalar asosida tashkil etilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Tashrif davomida general-mayor Farxodjon Shermatov harbiy institutda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, ofitserlar va kursantlar bilan sohani rivojlantirish bo‘yicha taklif va mulohazalari hususida suhbatlashdi.