Zangiotadagi harbiy shaharchada 8-mart xotin-qizlar bayrami keng nishonlandi.

Post Thumbnail

Zangiotadagi harbiy shaharchada 8-mart xotin-qizlar bayrami keng nishonlandi.

Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot gozal va maftunkor. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bolmaydi. Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Gozallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uygunlashib ketadi. 

Bugun Zangioatada joylashgan harbiy shaharchada “8-mart Xalqaro xotin – qizlar kuni” bayramiga bag‘ishlagan bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi.

Doshqozonda milliy taomlarimiz shohi bo‘lgan sumalak, palovto‘ra va milliy taomlarimiz tayyorlanib bayram dasturhonlariga tortildi.

Bayramga tashrif buyurgan harbiy qism va muassasa boshliqlari ayollarni bayram bilan tabriklab, bellashuvlarda g‘olib bo‘lgan oilalarga diplom va sovgalari topshirishdi.

Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o`rganadi. 

Mayor Sherqo‘zi Xakimov