Informatika fan olimpiadasining II-respublika bosqichi natijalari
Informatika fan olimpiadasining II-respublika bosqichi natijalari
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasida oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida 2024 yil 6-8 fevral kunlari Informatika fan olimpiadasining II-respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
2024 yil 6 fevral kuni Informatika fan olimpiadasining II-respublika bosqichining 1-turi yakkalik bahslarida kursantlar Microsoft Office dasturlaridan majmuamiy masalalani yechishdi. 7 fevral kuni bo‘lib o‘tgan olimpiadaning 2-turidagi yakkalik bahslarda kursantlar jamoalari dasturlashning sport yo‘nalishidagi masalalarni yechishdi. 8 fevral kuni bo‘lib o‘tgan olimpiadaning 3-turidagi bahslarda kursantlar jamolari Microsoft Office dasturlaridan majmuamiy masalalani va dasturlashning sport yo‘nalishidagi masalalarni birgalikda jamoa sifatida yechishdi. Informatika fan olimpiadasining II-respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra, umumjamoa hisobida faxirli birinchi o‘rin Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kursantlar jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlar jamoasi band etdi. O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlaridan iborat jamoa esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Informatika fan olimpiadasining II-respublika bosqichida umumjamoa hisobda:
1-o‘rin - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti;
2-o‘rin - Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti;
3-o‘rin - Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti.
Informatika fan olimpiadasining II-respublika bosqichi davomida fan olimpiadasining yakkalik bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kursantlar ham aniqlandi. Yakkalik bahslarida 1-o‘rinni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti 5-bosqich kursanti Mamayunusov Sanjarbek Abdulla o‘g‘li egallagan bo‘lsa, 2-o‘rinni esa 5-bosqich kursant Mamajonov Diyorjon Zafarjon o‘g‘li qo‘lga kiritdi. Yakkalik bahslarida 3-o‘rinni Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti 4-bosqich kursanti X.A. Norqulov egalladi.

Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta'lim muassasalari kursantlari o‘rtasidagi Informatika fan olimpiadasining II-respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa azolari 2024 yilning mart-aprel oylarida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan olimpiadaning final bosqichida ishtirok etadilar.