“Kiberxavfsizlik” kafedrasi tomonidan kiberxavfsizlik bo'yicha Cyberkent 3.0 musobaqasida amalga oshirilgan

Post Thumbnail

“Kiberxavfsizlik” kafedrasi tomonidan kiberxavfsizlik bo'yicha Cyberkent 3.0 musobaqasida amalga oshirilgan

“Kiberxavfsizlik” kafedrasi Cyberkent 3.0 musobaqasida faxrli 3-o‘rinni egalladi

Mudofaa vazirligi AKT va Harbiy aloqa instituti — Kiberxavfsizlik kafedrasi

 

2025-yil 16-sentabr kunlari “Kiberxavfsizlik departamenti - CSS 2025” CYBERKENT 3.0 Himoyachi jamoa “Blue team” uchun musobaqa o‘tkazildi. Dastur doirasida Cyberkent 3.0 respublika xakerlik musobaqasida “Kiberxavfsizlik” kafedrasi kursantlarining “CyberShadow” jamoasi 6410 ball to‘plagan holda 3-o‘rinni egalladi va Mudofaa vazirligi hamda Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti sharafini ishonchli himoya qildi. Shu bilan birga, jamoa final bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.

Cyberkent Blue Team 1
CYBERKENT 3.0 — Blue Team jarayoni
Cyberkent Blue Team 2
Musobaqa davomida natijalar

Musobaqada Mudofaa Vazirligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti kursantlari quyidagi 3 ta jamoa tarkibida qatnashdi: CyberShadow, Legends va Predators.

Musobaqa qizg‘in tarzda davom etdi. Topshiriqlarni bajarish jarayonida “Kiberxavfsizlik” kafedrasi kursantlar jamoalarning ballari va IP-manzillari bir xil bo‘lgani sababli, Kiberxavfsizlik 3.0 tashkilotchilari tomonidan Legends va Predators jamoalari musobaqadan chetlashtirildi. Shu bilan o‘yinda faqat CyberShadow jamoasi qoldi.

Cyberkent 3.0: “Blue Team” saralash bosqichi yakunlandi.

117 ta jamoa orasida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoalar quyidagicha:

Finalistlar ro‘yxati 1
Finalga yo‘llanma — 1-qism
Finalistlar ro‘yxati 2
Finalga yo‘llanma — 2-qism
Natijalar skrinshoti
Yakuni natijalar skrinshoti
  1. ShadowGuard
  2. Shaptoli
  3. CyberShadow
  4. Depth Divers
  5. CyberFort Alliance
  6. AntiAttack
  7. LegionSec
  8. T3amC0m
  9. IYB
  10. BeSecure

Saralashdan o‘tgan jamoalar joriy yilning 7–8 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “CYBERKENT 3.0” Himoyachi jamoa (Blue team) finalida o‘zaro kuch sinashadi.